O‘quvchi-yoshlar uchun ishga joylashtirish yarmarkasi o‘tkazildi

Bugun Denov tuman 2-son texnikumida o‘quvchi-yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida ishga joylashtirish yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarka davomida turli tashkilot va korxonalar vakillari ishtirok etib, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ish sharoitlari hamda talablar haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
O‘quvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun muhim yo‘nalishlarga ega bo‘ldilar.
 Mazkur yarmarka yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni mehnat bozoriga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech