Grafik dizayn — dizayn sohasining yoʻnalishlaridan biri boʻlib, maʼlum axborotni ijtimoiy guruhlarga yetkazish uchun vizual kontent yaratish, ularni tartiblash, loyihalashga xizmat qiladi. Grafik dizaynning asosiy maqsadi muammolarni aniqlash va ularni ijodkorlik bilan innovatsion va raqamli vositalar yordamida oʻzgartirish va toʻgʻri talqin qilishdan iborat[2] .

Bu soha vakillari, grafik dizaynerlar, vizual xabarlarni talqin qilish, ularni tartiblash va mijozga taqdim etish ustida ishlaydi. Dizayn ishi mijozning talabiga asoslanishi mumkin, bu talab lingvistik jihatdan ogʻzaki yoki yozma ravishda belgilanadi, yaʼni grafik dizayner mijozning ogʻzaki yoki yozma xabarini grafik koʻrinishga aylantiradi.

Grafik dizayn, qoʻllash sohasiga koʻra har qanday vizual aloqa bilan bogʻliq turli xil sohalarga ega. Masalan, u reklama strategiyalarida qoʻllanishi mumkin yoki aviatsiya dunyosida yoki kosmik tadqiqotlarda ham qoʻllanishi mumkin. Shu maʼnoda, baʼzi mamlakatlarda grafik dizayn faqat eskiz va chizmalarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq deb hisoblanadi, ammo bu notoʻgʻri, chunki vizual aloqa uni qoʻllash mumkin boʻlgan juda koʻp turdagi sohalarning kichik bir qismi hisoblanadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech