Denov tuman 2-son texnikumi — Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga kiruvchi hamda Surxondaryo viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi zamonaviy kasbiy ta’lim muassasasidir.
Texnikumimizning asosiy maqsadi – mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha malakali, raqobatbardosh va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislar tayyorlashdir. Ta’lim jarayoni nazariya va amaliyot uyg‘unligida, ishlab chiqarish bilan integratsiya asosida tashkil etilgan.