Yoshlar kuni munosabati bilan rahbarlar va yoshlar o'rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

Bugun Denov tuman davlat xizmatlari markazi 2-son texnikumida rahbarlar va o‘quvchilar ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb egallashi, ularning kelajakdagi maqsad va rejalari haqida fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, rahbarlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Tadbir yoshlarning faolligini oshirish, ularni ilmga va kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech